{"id":169,"date":"2025-06-18T10:29:50","date_gmt":"2025-06-18T10:29:50","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=169"},"modified":"2025-07-02T11:11:11","modified_gmt":"2025-07-02T11:11:11","slug":"pahta-ishi-anatomiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=169","title":{"rendered":"\u201cPaxta ishi\u201d anatomiyasi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Murod ABDULLAYEV<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Nomingni qaro degan \u2013 paxtaginam, senmisan,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Lo\u2018ppi deya yutganim \u2013 laxtaginam, senmisan,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Avaxtada bosh urgan taxtaginam, senmisan?!<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>Abdulla ORIPOV<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Mustaqillik uchun kurash tarixi istibdod zamonining eng qora kunlaridan boshlanib, XX asrning to\u2018qsoninchi yillari boshiga qadar davom etdi. Istiqlol davrida bu ulug\u2018 ne\u2019matni anglash, qadriga yetish va jahon uzra tarixan boy o\u2018tmishga ega o\u2018zbek davlatchiligi qaddini tiklash jarayoni \u201cinson ongidayu zamon qa\u2019rida\u201d buyuk evrilishlar bilan davom etayotir.<\/p>\n<p>Bu ulug\u2018 yo\u2018lning saboqlari ko\u2018p! Quyida hikoya qilinayotgan bir sulola qissasi yaqin o\u2018tmishimizning eng qora kunlari bo\u2018lmish so\u2018nggi qatag\u2018on davri voqealariga bag\u2018ishlangan. Shuhrat Boboyorov, uning otasi va bobosi boshiga tushgan kulfatlar, sitam va iztiroblar erksizlik zamonida har bir o\u2018zbek oilasi tortgan azob-uqubatlardan farq qilmaydi. Uch oylik raisning taqdiri unga taqdirdosh xalqning achchiq qismati va nihoyat, yorug\u2018 kunlar shukronasi bilan bevosita bog\u2018liq.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>\u2013 Men kim \u2013 Shuhrat Boboyorov, bor-yo\u2018g\u2018i uch oygina raislik qilib, g\u2018araz niyatda to\u2018qib chiqarilgan siyosatning dahshatli changaliga tushganlardan biri edim, \u2013 deb boshlagandi u vafotidan bir yil avval Qarshi shahridagi choqqina qahvaxonada bo\u2018lib o\u2018tgan suhbatimizda. \u2013 Avvalambor, bu \u201cpaxta ishi\u201d, \u201co\u2018zbek ishi\u201d deb atalgan siyosiy o\u2018yinlar qanday maqsadda amalga oshirilgani to\u2018g\u2018risida so\u2018zlasam.<\/p>\n<p>Xo\u2018sh, o\u2018zi nima uchun kerak edi olti million tonna paxta yetishtirish? Javob shuki, sobiq ittifoq barcha sohalarda dunyoda birinchi bo\u2018lishga da\u2019vogar edi. Kosmonavtikami, mashinasozlikmi, qishloq xo\u2018jaligimi, san\u2019atmi, adabiyotmi, madaniyatmi, qat\u2019iy nazar, u eng yuqori ko\u2018rsatkichga erishmoqqa jahd qilgandi. O\u2018shanda paxta tolasi bo\u2018yicha birinchi o\u2018ringa chiqish uchun Moskvaga \u201c9 million tonna\u201d degan raqam kerak bo\u2018lib qoldi. Shu to\u2018qqiz millionning olti millioni O\u2018zbekiston chekiga tushdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Sobiq mahkum biroz sukutga cho\u2018mib, so\u2018zida davom etdi:<\/p>\n<p>\u2013 Men 1983 yil avgust oyining ham yarmi o\u2018tib xo\u2018jalikka rahbar etib tayinlandim, hujjatlarda saylandi, deb yozilgan. Asli rais oilasida tug\u2018ilganman. Otam ham shu kolxozda uzluksiz yigirma yilga yaqin rahbarlik qilgan. 1974 yili 51 yoshida vafot etgan.<\/p>\n<p>Niyatim otamning nomiga munosib bo\u2018lib ishlash edi. Xo\u2018jaligimiz viloyatdagi yagona ordenli xo\u2018jalik. Otam uch marta O\u2018zbekiston Oliy Soveti deputati bo\u2018lgan, ko\u2018p mukofotlar olgan. Vafotlaridan to\u2018qqiz yil so\u2018ng meni shu ishga qo\u2018yishdi.<\/p>\n<p>O\u2018shanda paxta hosili yetishtirib bo\u2018lingan edi. 15 avgustdan so\u2018ng qancha parvarish qilinsa ham hosilga hosil qo\u2018shib bo\u2018lmagan. Buni mutaxassis sifatida yaxshi bilaman. Oradan ikki hafta o\u2018tib yig\u2018im-terim boshlandi. Yanglishmasam, 2-3 sentyabr \u2013 o\u2018sha vaqt Usmonxo\u2018jayev kelib, Qashqadaryoning yuqori rayonlari rahbarlarini yig\u2018ib majlis qildi. Majlis \u201cGulis\u00adton\u201d kolxozi bog\u2018ida bo\u2018ldi. Masala bitta: qachon paxta tayyorlash rejasi bajariladi? Navbat Shahrisabz tumaniga keldi. Xo\u2018jalik rahbarlari minbarga chaqarilib, o\u2018z og\u2018izlari bilan va\u2019da berishyapti. Navbat menga yetgach, 25 sentyabrlardan gapirishga to\u2018g\u2018ri kelyapti. Shunga qaramasdan, o\u2018z fikrimni aytdim. Kattalarning ko\u2018ziga yomon ko\u2018rinmaslik uchun, ham o\u2018zimni himoya qilib, xo\u2018jaligimiz tog\u2018 oldi zonasida joylashgani, hamma vaqt terimga boshqalardan besh-o\u2018n kun kechroq tushishimizni aytib \u2013 o\u2018sha vaqtlar 7 noyabr eng katta bayram hisoblanardi \u2013 bayram kunlari bajaramiz, demoqchi bo\u2018lganimda Usmonxo\u2018jayev: \u201cTo\u2018xta, to\u2018xta, sen nima deyapsan?\u201d dedi. Men: \u201c7 noyabr atrofida bajarishga harakat qilamiz\u201d, dedim. Ming\u2018irlabroq gapirardi Usmonxo\u2018jayev: \u201cSening noyabrda bajaradigan planing \u2013 to\u2018rtinchi sort paxtang kimga kerak?\u201d dedi. O\u2018sha vaqtda viloyat rahbari G\u02bboyipov edi. \u201cQayoqdan topgansizlar buni? Noyabr deyapti-ku, bu\u201d, deganda G\u02bboyipov vaziyatni yumshatish uchun: \u201cYo\u2018q, adashdi, adashdi, 7 oktyabr deyman deb, 7 noyabr deb yubordi\u201d, dedi. Usmonxo\u2018jayev mendan qayta so\u2018radi: \u201c7 oktyabrmi, noyabrmi?\u201d Men o\u2018z so\u2018zimda turdim: \u201cNoyabr! 7-10larda bajaramiz\u201d\u2026<\/p>\n<p>U birdaniga tutaqib, \u201cTush, tribunadan. Chiq. Ket. Bo\u2018shatinglar buni\u201d, deb meni majlisdan haydadi. Chiqib ketayotgandim, ijroqo\u2018m raisi Mavlon aka Muhammadiyev orqamdan yetib keldi: \u201cTo\u2018xta, Shuhrat. Sen nega unaqa deding. Majlisning royishiga qarab gapirmaysanmi? To\u2018xtab tur, menimcha, majlisdan keyin sen bilan suhbatlashishsa kerak\u201d, dedi. Majlis tugab, meni chaqirishdi. Rahbarlar choyga kirishayotgan ekan. Ro\u2018zmat G\u02bboyipov meni Usmonxo\u2018jayevning oldiga oborib: \u201cBu yosh yigit, ishlaydi. Muddatni adashtirib yubordi. Ruxsat bering, ishlayversin\u201d, dedi. Usmonxo\u2018jayev \u201cha\u201d ham, \u201cyo\u2018q\u201d ham demasdan ichkari xonaga kirib ketdi.<\/p>\n<p>Men ham shu bilan ketdim. Barcha topshiriqlarni bajarib boraverdik. Hatto ikki o\u2018n kunlikda xo\u2018jaligimiz grafikni yaxshi bajargani uchun rag\u2018batlantirildi. Ilg\u2018or brigadalarga mashina berildi. Bir oy yoki qirq kun o\u2018tib birinchi terim tugadi. O\u2018sha vaqtda bizning xo\u2018jalik 5,8 ming, majburiyati bilan 6 ming tonna; tuman 62,5 ming, viloyat \u2013 600 ming, res\u00adpublika 6 million tonna paxta topshirishi kerak ekan. Yuqoridan turib, teppa-teng taqsimlanganga o\u2018xshaydi. Kulgili nisbat\u2026<\/p>\n<p>Bu \u2013 har gektar yerdan 38 syentnerdan kondision hosil olinganda ham bajarish qiyin bo\u2018lgan reja edi. Xullas, birinchi terim tugagandan ke\u00adyin kunlik topshiriqni bajarish og\u2018irlashib boraverdi. O\u2018sha yili iyul oyida Shahrisabz tumaniga avval viloyat prokurori bo\u2018lib ishlagan Halil aka Xoliqov birinchi kotib bo\u2018lib kelgandi. U doim \u201cqo\u2018shib yozishga yo\u2018l qo\u2018ymaymiz, bu yaxshilikka olib kelmaydi\u201d, deb majlis o\u2018tkazardi. Bizlar: birinchi kotib shu fikrida tursa, hammamiz tinch bo\u2018lamiz, deb juda xursand edik. Lekin bu odam ahdida bir oydan ziyodroqqina turib berdi, xolos. Viloyatdan yuborilayotgan vakillar ketma-ket almashaverdi\u2026 20 oktyabrda Shahrisabzga obkomning ikkinchi kotibi Ivan Golovachyov keldi. Hamma ishning buzilishi shundan boshlandi. \u201cQo\u2018shib yozishga yo\u2018l qo\u2018ymaymiz\u201d, deb yurgan Xoliqov ham bu gapni aytmaydigan bo\u2018ldi, uning kayfiyati kun sayin tushib ketaverdi. Biz: \u201cMahkam turing\u201d, deb ko\u2018p aytganmiz. Biroq Golovachyov kelganda birinchi terim tugagan, yuqoridan qo\u2018yilayotgan rejani bajarishga mutlaqo imkon qolmagandi.<\/p>\n<p>Paxta tozalash zavodidagi shtabda har kuni Golovachyov yarim kechgacha o\u2018tiradi. U o\u2018zbek tilida yaxshi gapirardi. O\u2018sha \u201crazbor\u201d degani kech soat 10-11larda boshlansa, 2-3 gacha davom etardi. Ivan Iosipovich odamlarni yuzing-ko\u2018zing demay rosa haqorat qilardi. Unga yolg\u2018ondan bo\u2018lsa ham kunlik topshiriqni \u201cbajarish\u201ding kerak edi. \u201cBajarmagan\u201dni haqorat qilardi. Oktyabr oyi oxirlarida 80 tonna, cho\u2018ldagi Shahrisabz massivi hisobidan 20-30 tonna, jami 100-110 tonna paxta topshirib kelayotgandik.<\/p>\n<p>20 oktyabrlardan keyin, bir kun\u00a0 navbatim kelganda \u201crazbor\u201dga kirsam, Golovachyov, Xoliqov, paxta zavodi direktori Suyun Jo\u2018rayev o\u2018tirishgan ekan. Golovachyov birdaniga paxta qancha bo\u2018ldi, deb so\u2018radi. Men: \u201cXo\u2018jalikdan 80 tonna, hali cho\u2018lnikini xabarini olganim yo\u2018q\u201d, endi aytishadi deganimda, \u201cE, massivingni bilmayman. Seniki bugunning o\u2018zida 130 tonna bo\u2018lgan\u201d, dedi. \u201cQanaqasiga 130 tonna?! Hozir paxta punktidan kelayapman: 80 tonna topshirdik\u201d, deganimda u \u201cSen ilon, chayon, 130 tonna paxtani joyiga qo\u2018yasan. Chiq, ket!\u201d dedi. Shtabga telefon qildim: \u201cBiz 80 tonna paxta topshirdik-ku?!\u201d Shtabda o\u2018tiradigan Bozor Mardonov \u201cYo\u2018q, Shuhrat, sen 130 tonna paxta bergansan\u201d, dedi. \u201cQanaqasiga?\u201d desam, \u201cO\u2018zing tushunib olasan\u201d, deb javob qildi\u2026<\/p>\n<p>Qo\u2018shib yozishga majburlash shu tarzda boshlandi. Shunday bo\u2018lsa ham to\u2018g\u2018ri ma\u2019lumot berib boraverdik. 80 tonna yuqori zonadan, Shahrisabz massividan 20-30 tonna paxta terilayapti. Biroq besh-olti kun ichida haqiqiy terim bilan paxta shtabi ma\u2019lumoti o\u2018rtasida 300 tonnaga yaqin farq paydo bo\u2018ldi. Ya\u2019ni qo\u2018shib yozilgan soxta ma\u2019lumot\u2026<\/p>\n<p>Shu orada Sharof Rashidov vafot etdi. U kishi \u201cpaxta fronti jangchisi\u201d edi, shu \u201cfront\u201dda halok bo\u2018ldi. Butun respublikada motam\u2026 Olti million tonna degan raqam Pomiru Everestdek qo\u2018l yetmas bo\u2018lib turaverdi. Shunday bo\u2018lsa ham, o\u2018ylayman: balki tumanimizga Golovachyov obkomning zo\u2018ravon vakili bo\u2018lib kelmaganida, bu tashvishlar boshimizga tushmasmidi?! Noyabr oyi boshlandi. Terim oxirlayapti. Ayni shu kezda Golovachyov yana majlis qilib hammani \u2014 o\u2018qituvchimi, xo\u2018jalik rahbarimi, erkak yo ayolmi, farqi yo\u2018q, qo\u2018pol so\u2018zlar bilan haqoratlay boshladi. Bir kuni men: \u201cIshlamayman\u201d, deb majlisdan chiqib ketdim. O\u2018shanda plan to\u2018lmayotgani uchun xo\u2018jaliklarda zarbdor brigadalar tuzilgan edi. Chorvami, bolalar bog\u2018chasimi, maktabmi \u2013 hamma joyda zarbdor brigada tashkil qilingan.<\/p>\n<p>Belimga fartuk taqib dalaga chiqib ketdim. \u201cRazbor\u201dlarga bormadim. O\u2018sha vaqtlar ratsiya bo\u2018lardi. \u201cTez yetib kel\u201d, deyishsa ham bormadim. Ertasi kuni \u201cRaykomga chaqirishyapti\u201d, deb mashina yuborishdi. Imkon topib, Xoliqovga uchradim. \u201cXalil aka, noto\u2018g\u2018ri ishlar bo\u2018lyapti. O\u2018zingiz qanaqa va\u2019dalar qiluvdingiz\u201d, deganimda, u: \u201cShuhrat, sen nimani bilasan? Bu Golovachyov bilan o\u2018ynashib bo\u2018lmaydi. U \u2013 Moskvaning odami. Sen kabi raisnigina emas, menday raykom kotibini ham yo\u2018q qilib yuboradi\u201d, dedi. Qisqasi, ish tazyiq ostida davom etaverdi.<\/p>\n<p>Yana bir kuni, 3-4 noyabrlarda \u201cGuliston\u201d xo\u2018jaligida katta majlis bo\u2018ldi. Uni Xudoyberdiyev o\u2018tkazdi. Yana: \u201cPaxta tayyorlash planini bajarasizlar\u201d, degan gap. Men 15 daqiqa kechikibroq keldim, sekin borib raislar safiga kirdim. Golovachyov, ayniqsa, menga qattiq yopishgandi. O\u2018zbekcha, ruscha so\u2018zlarni qo\u2018shib, aralashtirib, \u201cT\u044b sl\u044bshkom umn\u044by, sl\u044bshkom gramotn\u044by\u201d, deb zahrini sochaverdi. Fursatdan foydalanib, meni Xudoyberdiyevga so\u2018ktirmoqchi bo\u2018ldi. Raislar safida turganimda qo\u2018limdan ushlab Xudoyberdiyevning oldiga olib chiqdi: \u201cMana, ketib qolgan rais\u2026\u201d<\/p>\n<p>Men salom berdim. U kishi otamni yaxshi bilarkan. \u201cSizning rais bo\u2018lganingizni eshitib, xursand bo\u2018ldik. Sizga ishonamiz. Hamma topshiriqni bajarasiz. Ertaga yana kelaman, xo\u2018jaligingizga boraman. Albatta, uydagilarga, G\u02bbani akaning nabiralari, bolalariga salom ayting\u201d, dedi. Shundan so\u2018ng Golovachyov hech narsa deyolmay qoldi\u2026<\/p>\n<p>Ayni o\u2018sha vaqtlar Andropov Markazqo\u2018mning Bosh sekretari edi. Keyin eshitsam, u Rashidovga nisbatan beg\u2018araz, xolis munosabatda bo\u2018lmagan. Qandaydir o\u2018chi bor ekan. Shuning uchun O\u2018zbekistonga desant tashladi. Qatag\u2018on boshlandi: tekshir-tekshir, qama-qama. Hamma vahimada, yurak hovuchlab yuradi. \u201cBugun falonchini qamabdi\u201d, ertaga yana: \u201cFalonchi qamalibdi. Falonchi vafot etibdi\u201d, \u201cFalonchi o\u2018z joniga qasd qilibdi\u201d\u2026 Bunday gaplar juda ko\u2018payib ketdi.<\/p>\n<p>1984 yilning ko\u2018klami. Chigit ekib bo\u2018lingan, besh-oltita chinbarg ham chiqqan. Kechagiday esimda: 26 aprel kuni tumandagi majlisdan qaytayotgandik. Shahrisabzda quyosh charaqlab turibdi. Biroq xo\u2018jaligimiz ustida bir parcha qop-qora bulut. Bahor havosi emasmi \u2013 bir kilometr joyda yomg\u2018ir yog\u2018ib, ikkinchi kilometrda yog\u2018may ham turadi. Yetib borsam, qattiq do\u2018l va jala yog\u2018ayotgan ekan. Sel kelishi aniq edi. Men sel yig\u2018ilib, to\u2018planib oqadigan bir joyni bilardim. Haydovchiga: avval o\u2018sha yerga hayda, dedim. Borsam, dalaning ichidan loyqa suv otilib chiqyapti. Suvning \u201cshashti\u201ddan bildimki, ekkan paxtamizning 60-70 foizi jala va do\u2018l ostida qolgan\u2026<\/p>\n<p>Qorong\u2018i tusha boshlaganda idoraga keldim. Odamlar tashvish-tahlikada. \u201cNima gap?\u201d desam, \u201cTergovchilar kelishdi. Buxgalteriyaning barcha hujjatlari, kassani qulflab, Sizni kutishyapti\u201d, deyishdi. Ichkariga kirdim. Orqamdan kelishib, o\u2018zlarini tanishtirishdi. \u201cHujjatlarni olayapmiz\u201d, deyishdi. \u201cMayli, olinglar\u201d, dedim. Shu tariqa bizning xo\u2018jalikdayam tergov va taftish boshlandi.<\/p>\n<p>Endi o\u2018ylab qarasam, 83 yil hisobidan uch oy, 84 yilda uch oy \u2013 jami olti oy ishlaganman. Odam bolasini mensimaslik, haqoratlash, oyoqosti qilish \u2013 ana o\u2018sha tergovdan boshlandi. U yog\u2018ini gapirish juda og\u2018ir: bugun prokuraturaga, ertaga milisiyaga, keyin Toshkentga \u2013 MVD, Prokuraturaga\u2026 Viloyat prokuraturasi bir kun tinch qo\u2018ymaydi.<\/p>\n<p>Alam qiladigan og\u2018ir gaplar, 84-yil may oyidan boshlandi. Prokuraturaga chaqirishib, \u201cFalon xonaga kiring\u201d, deyishdi. Hozir millatini ham bilmayman: yo Kartashyan, yo Kartashov edi (Gdlyan guruhi a\u2019zosi va uning yurtdoshi Albert Kartashyan). Yosh. Mensimasdan ism-familiyamni so\u2018rab, protokolni oldimga qo\u2018ydi. Kalondimog\u2018lik bilan muomala qilib, qo\u2018rqitishga o\u2018tyapti: \u201cHoziroq seni qamoqqa olaman\u201d, deydi. Men o\u2018z haq-huquqimni ozroq bilardim: \u201cProkuror sanksiyasisiz qandoq qamoqqa olasiz? Bu ishda bizlarning biror manfaat ko\u2018rgan joyimiz bormi?\u201d dedim. \u201cSenga sanksiya kerakmi? Mening o\u2018zim sanksiya!\u201d dedi. So\u2018ng papkasidan bir pachka qog\u2018oz olib: \u201cQancha sanksiya kerak sanga?\u201d deb oldimga tashladi. Qarasam, haqiqatdan familiya, ism qo\u2018yilmagan, pechatlangan, prokuror imzolagan sanksiya. \u201cMen istagan odamimni qamoqqa olaman\u201d, dedi.<\/p>\n<p>Shu zaylda odamning g\u2018ururini toptaydigan bosim bilan so\u2018roq davom etaverdi. Bu yoqda taftish ketayapti. Orada chigitni qayta ekdik. Bir amallab ko\u2018chatlarni undirib oldik. Xo\u2018jalikning ko\u2018rsatkichlari yaxshi edi. Mavsum o\u2018rtasida viloyat rahbari Turopov kelib, daladagi ishlardan xursand bo\u2018ldi. \u201cBahorda seldan ko\u2018p talafot ko\u2018rgandingiz. Mana, chigitni qayta ekib-ko\u2018kartirib olibsiz, hosil yaxshi\u201d, dedi. Shunda raykom sekretari Yanvar Inoyatov meni chetga tortib: \u201cShuhrat, dardingni ayt, hozir. Kayfiyati yaxshi ekan\u201d, dedi. Men ikkilanib turganimda Yanvar Po\u2018latovichning o\u2018zi gap boshlab qoldi: \u201cNormo\u2018min Turopovich, raisning bir dardi bor, aytmayapti\u201d. \u201cNima gap rais, ayting\u201d, deb so\u2018radi viloyat rahbari. Men: \u201cNormo\u2018min Turopovich, bu tergov bilan taftish bizlarni rosa charchatdi. Shu vaqtgacha guvohsan, gumondorsan, deb so\u2018roq qilishayotuvdi. Endi ayb\u00adlanuvchi deb protokol tuzishyapti. Qachongacha davom etadi bu?\u201d, deganimda Turopov shimining kissasini ko\u2018rsatib: \u201cCho\u2018ntakka hech narsa tushmaganmi?\u201d dedi. Men: \u201cYo\u2018q. Agar o\u2018z manfaatimizga biror so\u2018m o\u2018zlashtirgan bo\u2018lsak, oliy jazo berishsa ham roziman. Buni taftishdayam, tergovdayam isbot qilib beraman\u201d, dedim. \u201cUnda qo\u2018rqmang, kayfiyatni buzmay ishlayvering. Qattiq ishlang\u201d, dedi.<\/p>\n<p>Ular ketishgach, o\u2018zimni ancha bosib oldim. Shunchaki, tekshirish ekan-da, deb o\u2018yladim. Yo\u2018q, aksincha tergov avjga chiqdi. Qanday ishlayotganimizni ham bilmaymiz. Hamma xo\u2018jalik rahbarlari tushkun ahvolda. Nima qilishni bilmaydi\u2026 Orada 84-yilning dekabri ham keldi. \u201cCho\u2018ntagingizga kirmagan bo\u2018lsa \u2013 qo\u2018rqmang, ko\u2018ngilni buzmasdan ishlayvering\u201d, degan Turopov katta bir majlisda: \u201cBularning hammasini bo\u2018shating\u201d, deb topshiriq berdi. Bor-yo\u2018g\u2018i olti oy ishlab bunaqa \u201ctavqi la\u2019nat\u201dga duchor bo\u2018laman deb, o\u2018ylamagandim. Juda uyat bo\u2018ldi. O\u2018zimdan ham ko\u2018ra, ajdod-avlodlarim sha\u2019niga nuqsi urmasaydi, deb ichimni it tatalaydi. Nima degan odam bo\u2018ldim?.. Boshimni ko\u2018tara olmayman. Yuragimga qil ham sig\u2018maydi. Lekin men singari beayb baloga qolgan xo\u2018jalik rahbarlari ko\u2018p edi. Ular bilan yig\u2018ilishib turamiz. Keyinroq barcha xo\u2018jalik rahbarlari vazifadan olib tashlandi.<\/p>\n<p>Mayli edi ishdan ozod qilib, tinch qo\u2018yishsa. Yo\u2018q, tinimsiz so\u2018roq-qistov: Toshkentda, IIV yerto\u2018lasida va hokazo\u2026 Xullas, so\u2018roq berish 86-yilning apreligacha davom etdi. Umrimizning ikki yili tergovda, taftishda o\u2018tib ketdi. Boshimizni urmagan joy qolmadi. Keyinchalik bildikki, huquq organlari ishi to\u2018lig\u2018icha desantchilar qo\u2018liga o\u2018tgan ekan. Buturlin, Usatov, Gaydanov, Didorenko\u2026 Eshitib yuribmiz: ana shu \u2013 Didorenko degani xo\u2018jayin. IIVga so\u2018roqqa boramiz. Hamma zir titraydi.<\/p>\n<p>Bir marta, esimda, Shahrisabz va Kitob tumanlari rahbarlari Markazqo\u2018mga bordik. Ma\u2019muriy bo\u2018limda alohida qabul qilishdi. Gaydanov va Didorenko o\u2018tiribdi. Ichki ishlar vaziri o\u2018rinbosari Rahimov o\u2018zbekcha so\u2018zladi. Bir ko\u2018rishdan bildim: yaxshi inson ekan. Arzga kelgan barcha xo\u2018jalik rahbarlari dardini ruscha aytib berdi. So\u2018ng raislarga: \u201cTalablaringni rus tilida aytinglar, sizlarda gunoh yo\u2018qligini tushunib turibman. Hamma ish bularning qo\u2018lida\u201d, deb Gaydanov va Buturlinni ko\u2018rsatdi. Hamma xo\u2018jalik rahbarlari ham fikrini ruscha bayon qilolmadi. Men o\u2018tirgan joyimdan o\u2018zimcha ikki og\u2018iz tilmochlik qilgandim, yaqinroqqa chaqirib olishdi. Xullas, o\u2018sha yerda yigirma uch kishi o\u2018z \u201cdardi\u201dni o\u2018zbek tilida aytishdi, men rus tilida tushuntirib bordim. Oxirida Gaydanov mendan so\u2018radi: \u201cO\u2018zing kimsan, bu yerda nima qilib o\u2018tiribsan?\u201d Men: \u201cShahrisabz tumanidagi Lenin nomidagi kolxoz raisiman. O\u2018zimning ham dardim shu, shuning uchun kelganman\u201d, dedim. Qo\u2018lida ro\u2018yxat bor ekan. Unga qarab: \u201cSen hali ham ochiqda yuribsanmi? Biz seni nega qamoqqa olmadik?\u201d dedi.<\/p>\n<p>Keyin tushunsam, arzgo\u2018ylarning dodini ruscha tushuntirib berganim yoqmagan ekan ularga. Biror natijasiz chiqib ketaverdik. Yana o\u2018sha xo\u2018rlash, yana o\u2018sha tahqir. Tajribasi katta raislar: \u201cEndi faqat Moskvadan najot topamiz, degan xulosaga kelishdi. \u201cSen yoshroqsan\u201d, deb meni tanlashdi. To\u2018rt kishi \u2013 Shahrisabzdan, besh kishi \u2013 Kitobdan Moskvaga jo\u2018nadik. Markazqo\u2018mga bir emas, ko\u2018p murojaat qildik. Arzimiz, muddaomizni aytdik. Ma\u2019sul xodim dardimizni eshitib bo\u2018lgach: \u201cShu gaplaring uchun javob bera olasizlarmi? Haqiqatan shunaqa bo\u2018lganmi?\u201d deb ovozimizni yozib oldi. Biz: \u201cHar bir so\u2018zimiz, arizadagi har bir harf uchun javob beramiz. Bor gap \u2013 shu\u201d, deganimizdan keyin: \u201cMen rahbariyatga arzlaringizni yetkazaman\u201d, deb telefon nomerini berdi. \u201cIkki-uch yo to\u2018rt kundan so\u2018ng xabarlashinglar\u201d, dedi. Bir hafta kutsak ham javob bo\u2018lmadi. Qo\u2018ng\u2018iroq qilganimizda: \u201cHali javob ololganim yo\u2018q\u201d, deydi. Axiyri: \u201cQaytaveringlar. Qanaqa qarorga kelsak, xatni O\u2018zbekistonga jo\u2018natamiz\u201d, dedi.<\/p>\n<p>Moskvaga borib qanoatlanmasdan qaytdik. Bir marta \u201cTegishli organlarga jo\u2018natdik\u201d, degan mazmunda xat keldi. Respublika ommaviy axborot vositalaridan birontasi bu ishga qo\u2018l urishiga ko\u2018zimiz yetmadi.<\/p>\n<p>Bu maqola yo yozilmadi yoki yozilsa ham \u201cLG\u201dda e\u2019lon qilinmadi\u2026<\/p>\n<p>Bu ishlar boshlanganidan so\u2018ng bir yarim-ikki yil o\u2018tdi. Ish shu qadar keng quloch yoydiki, respublikaning qayeriga, qaysi viloyat, qaysi tumanga bormaylik, \u201cfalonchi qamalibdi\u201d degan gap. Tanish-bilishlar: \u201cBizlarda ham shu ahvol\u201d, deyishadi. Birga o\u2018qigan, birga ishlagan, rahbar bo\u2018lgan do\u2018stlarimiz bor. Boshqa tumanlardagi tanish-bilishlar bilan uchrashamiz, telefonlashamiz, \u201cNima bo\u2018layapti?\u201d, deb so\u2018raymiz. Men-ku, Moskvadan qaytgandan so\u2018ng \u201cqo\u2018limni yuvib, qo\u2018ltiqqa urib\u201d, bo\u2018ldi endi, foydasi yo\u2018q ekan, degan xulosaga kelgandim. Baribir, biror kun yaxshi gap eshitamizmi, degan ilinj ham yo\u2018q emas. Sal fursat o\u2018tib, Ichki ishlar vazirligi chaqirdi. \u201cAdvokat bilan kelinglar. Ayblov fikrini qo\u2018llaringizga beramiz\u201d, deyishdi. Advokat bilan borib, to\u2018rtta modda qo\u2018yilgan \u201cAyblov fikri\u201dni olib qaytdik. \u201cEndi sud bo\u2018lishini kutasizlar\u201d, deyishdi.<\/p>\n<p>Xullas, so\u2018roq boshlandi. Ayblov fikrini o\u2018qib, sudya ham o\u2018zini shunaqangi tutdiki\u2026 \u201cUyushgan jinoiy guruhga boshchilik qilib, yuqori tashkilotlarning noqonuniy topshiriqlarini bajarib, jamoat va davlat mulkini talon-toroj qilgan\u2026\u201d. Bu gaplarga \u201cilon ham po\u2018st tashlaydi\u201d.<\/p>\n<p>Taftishda ham, tergovda ham xo\u2018jalikning biror a\u2019zosi o\u2018z manfaati uchun biror so\u2018m mablag\u2018 o\u2018zlashtirmagani aniq ko\u2018rinib turgan bo\u2018lsa! Biz umumiy mulkni talon-taroj qilmagan, o\u2018z manfaatimizga bir so\u2018mni ham o\u2018zlashtirmagan bo\u2018lsak, axir, qanday qilib bunday ayb qo\u2018yiladi? Huquq posbonlarining qonunga zid xatti-harakati mana shu joyda yaqqol ko\u2018rinib qoldi. Keyin huquqshunoslar bilan maslahatlashsak, bu \u201cayblovni noto\u2018g\u2018ri kvalifikatsiya qilish\u201dga kirar ekan\u2026 Xullas, sud ikki oydan ko\u2018proqqa cho\u2018zildi. O\u2018shangacha Toshkentga borsak ham, Moskvaga borsak ham \u2013\u201cish bilan borib-keldik\u201d, deb yuribmiz. Baribir onaning ko\u2018ngli sezarkan. Aka-ukalarimga \u201csudga onamni olib kelmanglar\u201d, deb aytaman\u2026 Xullas, oradagi tanaffus vaqtlari protokolsiz ham suhbatlar bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Bizga majburlab \u201ctopshiriq\u201d berganlarning ko\u2018pi qamoqda edi. Lekin ochiqda yurganlar ham bor. Paxta shtabi boshlig\u2018i, boshqa vazifadagi odamlar, ayniqsa, Golovachyov! U obkom kotibligidan olingani bilan ochiqda yurgandi. Alam qiladigan joyi shundaki, \u201cpaxta ishi\u201d, \u201co\u2018zbek ishi\u201d deb juda ko\u2018p odamlar qamaldi. Ularning qanchadan-qanchasi o\u2018z joniga qasd qildi. Yana qanchasi qamoqda, o\u2018lib ketishdi. Qanchadan-qancha oilalar boquvchisiz qoldi, bolalar yetimlik azobini tortdi. Nahotki, bunday haqsizlik faqat bir millat uchun o\u2018ylab topilgan bo\u2018lsa?<\/p>\n<p>Biz suddan Golovachyovni guvoh sifatida chaqirishni so\u2018radik. \u201cBizga qanday tazyiq o\u2018tkazgani, \u201cqo\u2018shib yozish usuli\u201d qanday sharoitda amalga oshirilganini aytib bersin\u201d, dedik.<\/p>\n<p>Golovachyov kelasolib men bilan quchoqlashib ko\u2018rishmoqchi bo\u2018ldi. O\u2018zi sud bo\u2018lib yotibmiz. Qo\u2018limniyam cho\u2018zmadim. \u201cKirib guvohlik bering, bor gapni ayting. Keyin ko\u2018rishaveramiz\u201d, deb sud binosiga qarab ketdim. Sudlanuvchilarning hammasi bosh aybdorlarning bittasi shu ekanini yaxshi bilardi. Hamma tishini g\u2018ijirlatayapti, kimdir so\u2018kayapti, \u201cHamma baloni shu boshladi\u201d, deb barmog\u2018i bilan ko\u2018rsatayapti.<\/p>\n<p>Sud birinchi bo\u2018lib mendan: \u201cGuvohga savolingiz bormi?\u201d deb so\u2018radi. Men: \u201cNima bo\u2018lganini o\u2018zi aytib bersin. Kechasi soat uchgacha odamlarni haqoratlab, paxtaning svodkasini qalam bilan yozib berardi: bu xo\u2018jalik shuncha, bu brigada buncha deb\u201d, dedim. U sudyaga qarab riyokorlik qildi: \u201cMen o\u2018zbek tilini yaxshi bilmayman. Bular nima deyayotganini tushunmayapman\u201d, dedi. Holbuki, o\u2018zbek tilini juda yaxshi bilardi. Sudlanuvchilarning hammasi Golovachyovning \u201cqo\u2018shib yozish usuli\u201dni aytib berishdi. O\u2018shanda sudning ehtiyot chorasini o\u2018zgartirib, uni gumondor sifatida sud zalining o\u2018zidayoq qamoqqa olishga huquqi bor edi. \u201cAlohida ajrim chiqaramiz Golovachyov qismi bo\u2018yicha\u201d, deb unga javob berib yuborishdi\u2026<\/p>\n<p>Baribir ko\u2018pning qarg\u2018ishi tegar ekan\u2026 Golovachyov o\u2018sha ishlardan keyin O\u2018zbekistondan ko\u2018chib ketdi. Oradan ancha yillar o\u2018tib eshitsak, u Minsk shahrida, o\u2018g\u2018lining uyida yashagan ekan. O\u2018g\u2018li xizmat safariga ketib, uyda bir o\u2018zi qolib ketadi. Hech kim yo\u2018g\u2018ida o\u2018ladi. Uyda it bo\u2018lgan. It ovqat topa olmay ancha vaqt och qolib, uning murdasini yegan, deyishadi. Mana shu-da, ko\u2018pchilikning qarg\u2018ishi urgani. Xudoning o\u2018zi jazosini beribdi!..<\/p>\n<p>Xullas, qamoq jazosi boshlandi. O\u2018n bir yil aytishga oson. Hayotdan butunlay umidimizni uzdik. Bizlarni \u2013 dalada yurgan oddiy dehqon odamlarni dini yo\u2018q, millatining tayini yo\u2018q, kallakesar, g\u2018irt jinoyatchilar ichiga olib borib tiqishdi. 1440 kishiga mo\u2018ljallangan qamoqqa ikki ming kishi tashlangan. Kamerani-ku, aytmay qo\u2018ya qolaylik, o\u2018n kishiga mo\u2018ljallangan joyga 45-50 kishini tiqib tashlashgan. \u201cPaxta ishi\u201d bilan qamalgan odamlar shu yerda ham xokisor: bir-birimizni himoya qilolmaymiz. Bizlar borgan zonada Xudodan qaytgan kazzoblar ko\u2018p edi. Qamoqxona ma\u2019muriyati ularga \u201cg\u2018ing\u201d demaydi. Mening yo\u2018qotadigan hech narsam qolmagan. Bor-yo\u2018g\u2018i olti oy ishlab, nohaqlik azobini bo\u2018yinga ilganman. Jonim ko\u2018zga ko\u2018rinmaydi. Ey, kelib-kelib shularga bo\u2018ysunamanmi, deyman. Xullas, o\u2018shalar bilan mening o\u2018rtamda nizo kun sayin kuchayib boraverdi\u2026<\/p>\n<p>Qamoqqa tushganimizga olti-yetti oy bo\u2018lganda qisqa muddatli uchrashuv berildi. O\u2018zim qiynalsam ham onamni ko\u2018proq o\u2018yladim. \u201cBu nima qilganim bo\u2018ldi? Onamni tamom qildim-ku\u201d, deb iztirob chekdim. O\u2018sha uchrashuvda onam bilan, oyna ortidan turib telefon orqali gaplashayapmiz. Xudoga shukur, onam bardam va tetik ko\u2018rindi. \u201cO\u2018g\u2018lim, yaxshimisan?\u201d, \u2013 dedi. Shundan sal oldin onam rahmatli, rahmatli akam viloyat rahbariga uchrashishgan ekan. Shu sabab onam ozroq o\u2018zlarini tutib olib, meni xursand qilgisi kelgan ekanlar: \u201cO\u2018g\u2018lim, viloyatning yangi rahbari bilan uchrashdik. U kishi yaxshi muomala qildi. \u201cMen o\u2018rganib chiqdim, viloyatda bitta sizning o\u2018g\u2018lingiz emas, juda ko\u2018p kishi nohaq qamalgan. Endi ozroq sabr qilinglar. \u201cPaxta ishi\u201dni jiddiy o\u2018rganayapmiz. Bolalaringizni bag\u2018ringizga qaytaramiz, deb va\u2019da berdi u kishi\u201d, dedi.<\/p>\n<p>Bu gapga u qadar ishonmagan bo\u2018lsam-da, onamga dalda bo\u2018lsin deb, o\u2018zimni xursand qilib ko\u2018rsatdim: \u201cMana, ko\u2018rdingizmi ona, haqiqat baribir yuzaga chiqadi. Siz o\u2018zingizni ehtiyot qiling. Men yaqinda boraman. Hammasi o\u2018tib ketadi\u201d, deb ular bilan xayrlashdim. Ikki-uch kun, hafta ichida boshqa mahbuslardan ham shunday gaplarni eshita boshladik. Lekin bu mish-mish gap: qanchalik to\u2018g\u2018ri, qanchalik noto\u2018g\u2018ri \u2013 buni ichkarida turib bilmaymiz. Buning ustiga ko\u2018p joydan haqiqat izlab, yordam so\u2018rab, hech bir natija bo\u2018lmagani uchun ishona olmaymiz ham.<\/p>\n<p>Oradan ko\u2018p vaqt o\u2018tmay: \u201cQashqadaryo viloyati rahbari respublika rahbarligiga o\u2018tdi\u201d, degan xabarni radio orqali eshitdik. Men o\u2018shanda odamlarning birinchi marta xursand bo\u2018lganini ko\u2018rganman. Ana endi bu tavqi la\u2019natu azoblardan qutulamiz. Islom Abdug\u2018aniyevich Markazqo\u2018mning birinchi sekretari bo\u2018libdi\u201d, degan gaplar. Hammaning ko\u2018zida quvonch, bir-birini tabriklagan. Haqiqatdan ham ko\u2018p vaqt o\u2018tmasdan\u2026<\/p>\n<p>To\u2018g\u2018ri, boshida bizni hech kim \u201cBor ketaver\u201d, deb qamoqdan ozod qilib yubormagan. \u201cShartli ravishda muddatidan oldin ozod qilinsin\u201d, degan moddalar bo\u2018lardi. Shu tariqa uch yilu o\u2018n oyda \u2013 1990 yilning 19 fevralida uyga qaytdim\u2026 Qamoqdan ozod bo\u2018lganimizga shukur qilib, Yaratganga rahmat aytib yuribmiz. Yana ko\u2018p vaqt o\u2018tmasdan: \u201cEndi to\u2018liq oqlanasizlar\u201d, degan gaplar eshitilib qoldi. Bizni Toshkentga chaqirishdi. Borsak, respub\u00adlika Oliy sudida paxta ishlari bo\u2018yicha nohaq jabrlanganlar ishini qayta ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha komissiya tuzilgan ekan. Uning raisligiga Ismoil Jo\u2018rabekov tayinlangan. Muovini \u2013 Abdusamat Polvonzoda. Bu komissiya nohaq jabrlanganlar ishini sinchiklab o\u2018rganib, adolatni qaror toptira boshlagan kezlar edi. O\u2018shanda viloyatlar bo\u2018yicha ham nohaq jabrlanganlar ishini ko\u2018rib chiqish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash jarayoniga huquqshunos mutaxassislar jalb etilgan ekan\u2026<\/p>\n<p>Abdusamat aka bilan Oliy sudning qaysidir qavatida uchrashib, liftda birga pastga tushdik. U kishi meni komissiya ish olib boradigan xonaga boshlab kirdi. Shu ish bo\u2018yicha shug\u2018ullanayotgan Tursunov degan yigit bilan salomlashdim. U meni tanigani uchun: \u201cShuhrat aka, mana, sizlarning ishingiz bo\u2018yicha shug\u2018ullanayapmiz. Yaqin kunlarda \u201charakatlarida jinoyat alomati yo\u2018qligi uchun oqlandi, degan hujjatni olasiz\u201d, deb meni xursand qilmoqchi bo\u2018ldi. Biroq qamoqda jabr chekkan safdoshlarim esdan chiqmadi: Ziyodullayev degan raisimiz qamoqdan chiqib kelib, bir oydan so\u2018ng vafot etdi. Qosim Toshev degan rais buvamiz bo\u2018lardi, u kishi esa qamoqxonaning o\u2018zida vafot etgan. Men Tursunovdan: \u201cBirinchi bo\u2018lib Ziyodullayev bilan Qosim Toshevning hujjatlarini hal qilib beringlar\u201d, dedim. Tursunov mening nima deyayotganimni tushunmadi-da: \u201cE, Shuhrat aka, avval o\u2018zingiznikini hal qilib beraylik\u201d, dedi. Birdan ichimda dard qo\u2018zg\u2018alib, Tursunovga: \u201cE, og\u2018ayni seni oqlandi degan qog\u2018ozlaringni endi ularga keragiyam yo\u2018q. Ular o\u2018lib ketdi. Bola-chaqasi xursand bo\u2018lsin\u201d, dedim.<\/p>\n<p>Abdusamat aka xonadan ketmagan \u2013 orqamda turgan ekan. Kelib yelkamga qo\u2018lini tashlab, Tursunovga shunday dedi: \u201cKo\u2018rdingmi, qanday odamlarni qamab qo\u2018yganmiz. Shu yerda ham o\u2018zini emas, vafot etganlarning hujjatini tezroq qilib beringlar, deyapti. Bu kishi aytgan odamlarning hujjatini tez topinglar\u201d, dedi-da: \u201cMen bilan bu yoqqa yuring\u201d, deb xonasiga olib bordi. Shunda ham to\u2018liq oqlanishga u qadar ishonmayman, Abdusamad akaning iliq muomalasi sabab botinib so\u2018radim: \u201cO\u2018zi yugurib yuribmiz-u, biroq oqlanamizmi, yo\u2018qmi?\u201d. U kishi: \u201cEy, Shuhrat, \u2013 dedi menga, \u2013 orqangizda kim turganini bilasizmi?\u201d. \u201cYo\u2018q, bilmayman\u201d, dedim. Abdusamad aka stoli tortmasini ochib: \u201cBuni bir o\u2018qib ko\u2018ring\u201d, dedi. Ko\u2018rsam, SSSR Oliy sudi raisidan Yurtboshimiz nomiga kelgan xat. Unda V.Terebilov: \u201cSiz huquq organlari ishiga qo\u2018pol ravishda aralashib, jinoyatchilarni ozod qilib yuborayapsiz. Bunday qilish mumkin emas\u201d, degan mazmunda dag\u2018dag\u2018a qilgan. Islom Karimov esa o\u2018sha xatning ustiga: \u201cArxivga. Tarix uchun!\u201d, deb yozib qo\u2018ygan ekan. Abdusamat aka shuni ko\u2018rsatib: \u201cKo\u2018rdingizmi, kim turibdi ortingizda!\u201d \u2013 dedi.<\/p>\n<p>\u2013 Bizlar bu xatni u kishiga olib borganimizda, otib yuborib: \u201cTashla buni arxivga. Begunohlarning hammasini oqlaymiz!\u201d deganlar.<\/p>\n<p>\u2013 Shu voqeadan, ya\u2019ni respublika Oliy sudidagi ushbu muloqotdan so\u2018ng fikrim tiniqlashdi, \u2013 deb davom ettirdi gurungimizni Shuhrat Boboyorov. \u2013 Islom Abdug\u2018aniyevichning bu qadar katta qat\u2019iyat bilan qanchalar og\u2018ir yukni yelkasiga olib ishga kirishganini to\u2018liq idrok eta boshladim. Bizlar-ku, o\u2018zimizning boshimizga tushgan tashvishdan shuncha ezilganmiz. Lekin bu odam shuncha kishining, butun bir xalqning yukini yelkasiga olishga o\u2018zida qanday kuch topa oldi ekan? U kishining bir o\u2018zi bo\u2018lsa \u2013 butun bir Moskva, butun bir SSSRning siyosatiga qarshi borish uchun odamda filning yuragi bo\u2018lishi kerak emasmi! Men Islom Abdug\u2018aniyevich qanday qilib bu ishga jazm etdi, deb ming marta o\u2018ylagandirman. U kishi Qashqadaryoda ishlab yurgan vaqtlari juda ko\u2018plab oilalar hayotini o\u2018z ko\u2018zi bilan ko\u2018rgan. Tumanlar, butun voha odamlari bilan muloqotda bo\u2018lgan. Ulardan eshitgan gaplar yuragida dard bo\u2018lib yig\u2018ilavergan: \u201cXo\u2018p, bittasi, ikkitasi aybi uchun, qonunga zid nomaqbul ishi uchun qamalgan bo\u2018lsin. Lekin birdaniga shuncha odam jinoyatchi bo\u2018lishi mumkinmi? Ikkinchidan, bular jinoyatchi bo\u2018lsa, ularning yashash sharoitini o\u2018z ko\u2018zim bilan ko\u2018rib turibman-ku. Uyiga borsang, turmushi nochor odamlar ahvoliga boqib, yuraging titilib ketadi. Bolalar, ayollarning yuzida qon yo\u2018q. Shunday odamlar ham o\u2018g\u2018ri bo\u2018ladimi? Yo\u2018q!\u201d. Bunday iztirobli o\u2018ylar u kishiga tinchlik bermagan. Qamalganlarning ko\u2018plari usta paxtakor, xalq ichida obro\u2018yi katta insonlar bo\u2018lishgan. \u201cShunday odamlar-a. Yo\u2018q, bu ishga xotirjam qarab bo\u2018lmaydi\u201d, degan qat\u2019iyat\u00a0 o\u2018sha vaqtlardayoq yuragiga o\u2018rnashgan. Qamoqdan chiqib kelganimdan so\u2018ng rahmatli onam bir gapni aytib berdi. Islom aka: \u201cAybsiz bo\u2018laturib javobgarlikka tortilgan odamlar oilasidan xabar olib turinglar. Uyiga borsang yoqishga o\u2018tini yo\u2018q, yeyishga\u2026 Ro\u2018zg\u2018ori arang o\u2018tib turgan odamlar ham shunaqa jazo oladimi?\u201d degan.<\/p>\n<p>Albatta, Islom akaning bunday katta yukni zimmasiga olishiga o\u2018sha paytlar Chingiz Aytmatov, Odil Yoqubov singari mashhur adiblarning markaziy matbuotda, Kremlning s\u2019yezdlar saroyidagi chiqishlari \u2013 \u201cpaxtaning bexosiyat ne\u2019matga aylangani\u201d haqida kuyunib so\u2018zlaganlari, atoqli shoirimiz Abdulla Oripovning \u201cMillion egatlarga sochilgan o\u2018zbek\u201d, \u201cUshoq chigitni ham etmay deb uvol, Million egatlarga egilgan xalqim!\u201d singari tagdor misralari katta turtki bo\u2018lgan bo\u2018lishi kerak, deb o\u2018ylayman\u2026<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Xohlasam, xohlamasam \u2013 o\u2018sha \u201cantiqa sud\u201d jarayonidagi epizodlar qayta-qayta yodga kelaveradi. U yerda aytilgan gaplarning barchasi deyarli yod bo\u2018lib ketgan. Bizning tilimizni tushunmaydigan prokuror Durdimetov menga savol berayapti. Xo\u2018jaligimizning bosh hisobchisi rahmatli Avloqul bobo Qodirov ayblanuvchi sifatida javob beryapti. U 1923 yilda tug\u2018ilgan, otamning qadrdon do\u2018sti, ikkalasi bir kunda urushga ketishgan. 1945 yilda Berlinda partiyaga o\u2018tgan. Agar tarjimai holini aytib bersa, sobiq kommunistik tuzumga u kishidan ko\u2018ra sodiq odam Moskvaning o\u2018zida ham topilmaydi. Avloqul bobo nafaqat ikkinchi jahon urushi qatnashchisi sifatida, balki undan keyin \u2013 tinchlik yillari olgan mukofotlari bilan ham aqlingizni shoshirib qo\u2018yardi. Adashmasam, qirqqa yaqin orden-medallari bo\u2018lardi. U kishi urushdan so\u2018ng GDRni tuzishda qatnashib, 47-yili qishlog\u2018iga qaytib kelgan. Mening raislik davrimda ham ishlab turgandi. Durdimetovning so\u2018roqlariga: \u201cMen bu katta kuchga qarshi chiqolmaganman\u201d, deb javob berdi. Avloqul bobo rus tilini juda yaxshi bilardi, hatto urushdan so\u2018ng olmonlar orasida yurib, nemis tilini ham o\u2018rganib ketgan ekan. Durdimetov: \u201cSudlanuvchi Qodirov! Siz urush vaqti fashistlardan qo\u2018rqmay, Stalingraddan Berlingacha boribsiz. Nima uchun tinch davrda \u201cpripiska qilasan\u201d deganlarga qarshi chiqolmadim, qo\u2018rqdim, deyapsiz?\u201d desa bo\u2018ladimi? Avloqul bobo, yoshi katta bo\u2018lishiga qaramasdan, gapga usta, hozirjavob odam emasdi. Juda kamtarin, hokisor inson edi. Nima deyishni bilmay to\u2018xtab qoldi\u2026<\/p>\n<p>Men chidab turolmadim! \u201cMumkinmi, men javob bersam\u201d, deb ruxsat so\u2018rab, fikrimni aytdim. Qo\u2018ldan kelgancha rus tilida gapirdim. \u201cUrush yillari boboy kimga qarshi kurashish kerakligini yaxshi bilgan\u201d, dedim.<\/p>\n<p>Yana bir ayanchli, odamni kulib turib yig\u2018latadigan voqea bizlar qamalib ketganimizdan keyin bo\u2018lgan ekan. Shahrisabzning tog\u2018 zonasida paxta o\u2018smaydi. Shodi Mo\u2018minov degan yaqin og\u2018aynim bo\u2018lardi. U Buxoroning Qorovulbozoriga yaqin \u2013 bizdan 300 kilometr uzoq Shahrisabz massivida paxta ekdi. U yashaydigan joydagi odamlar faqat kartoshka ekishgan, chorva, bog\u2018dorchilik bilan shug\u2018ullangan. Shu ham uch yuz chaqirim joyga majburan borib, jazirama sahroda paxta yetishtirgani uchun sud bo\u2018lib qamaldi. Uni \u201csoxta hujjat tayyorlab, 75 ming so\u2018mlik qo\u2018shib yozishga yo\u2018l qo\u2018ygan\u201d degan ayblov bilan sudga chaqirishdan oldin o\u2018sha xo\u2018jalik a\u2019zolari: \u201cRaisimizni, buxgalterimizni, odamlarimizni qamamanglar \u2013 mayli biz shu 75 ming so\u2018mni to\u2018lab beramiz\u201d, deb haqiqatan o\u2018shancha pulni to\u2018lashgan. Sudga pul to\u2018langani haqida hujjat taqdim etilgan. O\u2018ylashimcha, ularni sud qilgan sudyalar ham bechora oddiy dehqonlarning begunoh ekanini tushunib turishgan. Bo\u2018lmasa, Shodi Mo\u2018minov olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinganidan so\u2018ng, o\u2018sha yerning o\u2018zida qamoqqa olinishi kerak edi. Har qalay Gdlyan va Ivanovning sheriklari \u2013 Toshkentga kelib joylashgan desantchilar Moskvaning nomidan \u201cShunaqa qilasan, \u201cshuncha srok berasan\u201d, deb turishgandan keyin sudyalarda ham qat\u2019iyatsizlik bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Bu kulgili voqeaning davomini aytsam, sud tugagandan so\u2018ng hukmni Shodi Mo\u2018minovning qo\u2018liga berib: \u201cRais bobo, qamoqqa o\u2018zingiz bora qoling\u201d, deyishgan. Soddalik ham shunchalik bo\u2018lar-da. Qarshidagi qamoqxonaga qo\u2018lida hukm bilan o\u2018zi borgan. \u201cMana mening hukmim \u2013 qamoqqa olinishim kerak. O\u2018zim keldim\u201d, degan. Shodi Mo\u2018minov bilan birga bir joyda muddatni o\u2018tadik.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>20-30-yillarda besh-olti qop bug\u2018doyi, ikki-uchta sigiri, bitta oti bo\u2018lgan odamni quloq qilib yuboraverishgan. Shuning uchun Sibirda, Ukrainada hozirgacha ham yashab kelayotgan ajdodlarimizning avlodlari bor ekan\u2026<\/p>\n<p>Beixtiyor, o\u2018z ajdodlarim esga tushadi. Sho\u2018ro zamonida oilaviy sulolamizning uch avlodi qatag\u2018on jabrini chekdi. Birinchisi, mening bobom \u2014 Boboyor amin. Tug\u2018ilgan yiliniyam bilmaymiz. Qachon vafot etganini ham. To\u2018g\u2018rirog\u2018i, qayerda, qachon otilgani ham noma\u2019lum. U kishi amin bo\u2018lgan ekanlar. Biz buni elning og\u2018zidan eshitganmiz. Otamdan so\u2018ng tug\u2018ilgan Sami amakim ham vafot etib ketdi. Bir paytlar bizning joylarimiz Buxoro amirligiga qaragan. O\u2018sha vaqtda o\u2018n bitta qishloqning boshlig\u2018ini \u201camin\u201d deyishgan. Amirlikning yer solig\u2018i va boshqa to\u2018lovlari shu amin orqali undirilgan. Boboyor bobomiz 17-18 yoshida otasining yonida yer haydab yurgan. Orada uch-to\u2018rtta amin ishni eplamaganidan so\u2018ng amirlik va beklikdan kelishib, \u201cAminlikka kimni qo\u2018yamiz, ish yurmayapti\u201d, deganda qishloq oqsoqollari yig\u2018ilishib, \u201cYosh bo\u2018lsayam shu Boboyorni aminlikka qo\u2018yinglar, biz shunga bo\u2018ysunamiz\u201d, deyishadi. Shunday qilib, u kishi 18-19 yoshlarida aminlikka ko\u2018tarilgan. Bu 1917-1918 yillarga to\u2018g\u2018ri keladi. Petrogradda davlat to\u2018ntarishi bo\u2018lib, qizillar hukumat boshiga chiqqanidan so\u2018ng ham \u2013 hatto o\u2018tgan asr 30-33-yillarigacha yer egalari, mulkdorlar bo\u2018lgan, kollektivlashtirish keyin boshlangan. 1927-1928 yillargacha bobomiz Shahrisabzda boobro\u2018 aminlar darajasiga yetishgan. \u201cQizillar erta bir kun ketadi-da\u201d, deb aminligini qilib yuravergan. Men, bobomni ko\u2018rib qolgan odamlardan ko\u2018p eshitganman: u kishi qarasaki, qizillar ketmayapti. Sal qarshi chiqqanni yo\u2018q qilib yuborayapti. Mayli, hech bo\u2018lmasa, bola-chaqaning boshiga o\u2018zimizni saqlab qolaylik, deb yer-suvini bergan. O\u2018ziga tegishli mol-mulk, otlarigacha topshirgan. Juda oriyatli, jismonan baquvvat, polvon odam bo\u2018lgan ekanlar. Kurash, ko\u2018pkarini gullatgan. O\u2018ziga xos o\u2018jarligi ham bo\u2018lgan. Yer-suvini topshirganidan keyin ham tinch qo\u2018yishmaydi. Ochlik, qiyinchilik davri. Tinimsiz tahdidu tazyiqdan keyin, yer-suvini, mol-mulkini topshirib ham qutula olmagan odamlar qizillarga qarshi qo\u2018liga qurol olishga majbur bo\u2018lishgan. Eshitgan gaplarimizga qaraganda, 30-yillardayam bobomiz uyiga goh kelib, goh kelmay, tog\u2018u toshlarda o\u2018zicha qizillar hukumatini tan olmay yurgan. Yaqin-yaqinlargacha ham \u201co\u2018shanda bobong tog\u2018u toshlarda qochib yurgan\u201d, deb ko\u2018p gapirishardi. So\u2018ng bobomni ushlab qamashgan. Ba\u2019zi mish-mishlar bo\u2018yicha otib yuborishgan. Tojikis\u00adtonda Dang\u2018ara suv omborida ishlatib-ishlatib, o\u2018sha yerda o\u2018ldirib yuborishgan, degan gaplarni ham eshitganmiz.<\/p>\n<p>Qishlog\u2018imizda bir temirchi usta bo\u2018lardi \u2013 Shodmonovning otasi, yaqinda 106 yoshga kirib vafot etdi. Nihoyatda sog\u2018lom, baquvvat odam edi. Shu kishi bilan ko\u2018p suhbat qilganman, \u201cBobom \u2013 bosmachi bo\u2018lganmi?\u201d, deb so\u2018raganman. \u201cE, qanaqasiga bosmachi! Yer-suvi bor, ozroq badavlat edi, xolos. O\u2018shandayam, odamlarga urug\u2018lik berardi. Kambag\u2018al, beva-bechoralar boshini silardi. Kimni uylantirgan, kimni ishlatgan. O\u2018ziyam tinmay ishlardi. Hech qanaqa bosmachi emasdi!\u201d deb javob qilgandi savolimga. Endi tushunsak, bizga \u201cbosmachi\u201d deyishgan odamlar \u2013 milliy ozodlik kurashchilari ekan. Biroq \u201cbobong \u2013 bosmachi\u201d degan gapning tavqi la\u2019nati juda yoshligidan otam bilan amakilarim boshiga tushgan. \u201cBoyning bolasisan\u201d, deb maktabdan haydasharkan ularni. Rahmatli otam bilan amakim ko\u2018p eslashardi: \u201cMaktabga ham qo\u2018yishmasdi. Bizlarning kunimiz mashoq terib o\u2018tardi. Bug\u2018doyni xomligicha chaynardik\u201d.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Otam 18 yoshida urushga ko\u2018ngilli bo\u2018lib ketgan. 1944 yili kontuziya ahvolda urushdan qaytgan. Urushdan yarador ahvolda qaytib kelgan shu odamni \u201charbiy bileting qalbaki\u201d, deb qamashgan. Qarshidagi qamoqdan chiqib kelgach, otam rahmatli Tojikistonga qochgan. 50-yillarga kelib, bu yoqdan: \u201cAnglashilmovchilik bo\u2018lgan\u201d, deb xat borgandan keyin qishloqqa qaytgan. Shunday nohaqliklar azobini tortgan otam 51 yoshida vafot etdi. Elning boshida turib, 18 yil xo\u2018jalik rahbari bo\u2018lishga ham ulgurdi.<\/p>\n<p>O\u2018zimning taqdirim ham xuddi bobom va otamniki singari bo\u2018ldi. O\u2018zi bu mustabid tuzum, deyarli har yigirma yilda xalqni qiyratib turardi. 1917-1920 yillarda Lenin shu siyosatni olib bordi. Stalin hokimiyatga kelgach, uzluksiz qatag\u2018onlar bo\u2018ldi. Ayniqsa, 1937-1940, 1950-yillarda nohaqlik avj olgan. 60-yillarda Xrushchevning \u201cAmerikani quvib o\u2018tib, undan o\u2018zib ketamiz\u201d degan siyosati sabab, \u201cbir yilda uch yillik go\u2018sht planini bajarish\u201d uchun uylaridagi qo\u2018y-echkilar davlat hisobiga olib qo\u2018yilishidan tashqari ozmuncha odam qamalganmi?<\/p>\n<p>80-yillarga kelib, \u201co\u2018zbek ishi\u201d, \u201cpaxta ishi\u201d o\u2018ylab topildi. Sanasak, to\u2018rt marta \u2013 har yigirma yilda bir martadan qatag\u2018on siyosati amalga oshirilgan. Lekin bu juda yashirincha, har jihatdan xaspo\u2018shlangan siyosat edi. Judayam oddiy odamlarga balki tegishmagandir, lekin el ichida obro\u2018si bor, boshqalarga yetakchilik qilish qobiliyati bo\u2018lgan millatning gullari terib qatag\u2018on qilingan. Chunki mustabid tuzumga nima desa \u201cxo\u2018p\u201d deya bo\u2018ynini egib turadigan qullar kerak edi. Odamlarning ma\u2019lumoti, qobiliyati ularni qiziqtirmagan. Faqat mut\u2019ye, bo\u2018yni egilgan, qora ishni qiladigan avom kerak bo\u2018lgan. Shuning o\u2018zi qatag\u2018on emas, genosidga ham to\u2018g\u2018ri kelmaydimi?! Aniq bir maqsadni ko\u2018zlab, bir millatning ikkinchi millat tomonidan tahqirlanishi, bu \u2013 borib turgan genosid emasmi!<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Tarix bir narsaning bahosini haligacha to\u2018g\u2018ri qo\u2018ya olgani yo\u2018q. Usmonxo\u2018jayevning o\u2018rniga Rafiq Nishonov qo\u2018yildi\u2026 Mesxeti turklari bilan o\u2018zbeklar o\u2018rtasida janjal chiqarish qayerdadir emas, DXQ (KGB) tayyorlagan, juda chuqur o\u2018ylangan fitna edi. Qasddan shunday fitna chiqarilib, Farg\u2018ona vodiysiyu Toshkent viloyatida olomon ko\u2018tarilganda uni bostirish uchun tashlangan kuchlar odamlarni qo\u2018rqitib qo\u2018yishni maqsad qilishgan edi. Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bu sekin portlaydigan mina edi. Rahbariyat shu fitnani bozorda bir kilogramm qulupnay ustida chiqqan janjal deb talqin qildi.<\/p>\n<p>Ha, tarix hamma narsaga o\u2018z bahosini berib boryapti\u2026<\/p>\n<p>Muxbir izohi: shu o\u2018rinda sobiq mahbusning so\u2018nggi gaplariga biroz e\u2019tiroz bildirish zarurati bor. Tarix bo\u2018lib o\u2018tgan hamma voqealarga ertami-kech haqqoniy bahosini beradi. Biroq butun bir millatning sha\u2019niga tuhmatu bo\u2018htonlar yog\u2018dirgan, 70 ming kishining hibsga olinishi, 600 minga yaqin kishining jinoiy javobgarlikka tortilishi, ulardan ayrimlarining otilishi, o\u2018z joniga qasd qilishi, qamoqda orttirgan azob-uqubatlar bois hayotdan ko\u2018z yumishiga sabab bo\u2018lganlar, kanchadan-qancha odamlarni talagan, yulg\u2018ichlik qilgan, nohaq qamoq jazosiga tortganlar hali ayshini surib yuribdi. Golovachyovning murdasini o\u2018zi boqqan it yeb qo\u2018ygan bo\u2018lsa-da, u singari odamlarni to\u2018g\u2018ri yo\u2018ldan ozdirganlar qutqusi bilan \u201coqni qora\u201d degan Gdlyan va Ivanovlar narigi dunyoda emas \u2013 shu dunyoning o\u2018zida qonuniy jazosini olishi kerak!<\/p>\n<p>Shuhrat Boboyorovning hikoyasini tinglay turib banogoh o\u2018ylab qolasiz: uning o\u2018zi va otasi, bobosi boshiga tushgan ko\u2018rguliklar milliy ozodlik uchun kurashning to\u2018qsoninchi yillar boshiga qadar davom etgan muayyan bir davrini qamrab oladi\u2026<\/p>\n<p>U qamoqdan chiqib kelganidan so\u2018ng ancha yillar o\u2018tib Qashqadaryoda \u00adIslom Karimov bilan uchrashgani haqida aytib o\u2018tdi. Islom Abdug\u2018aniyevich so\u2018nggi qatag\u2018on davrini eslab, o\u2018sha azob-uqubatlar bois \u201cajalidan besh kun avval\u201d vafot etganlarni eslab nutq so\u2018zlaganda, \u201cularning xotirasini unutmaylik, tarix uchun bitib qo\u2018yaylik\u201d deganda Yurtboshiga o\u2018sha yillardagi mardligi va jasorati uchun \u2013 o\u2018zining va o\u2018zi kabi ming-minglab aybsiz aybdor bo\u2018lib qamalgan va so\u2018ng \u201coqlanganlar\u201dning minnatdorligini, dil izhorlarini bildirishga muvaffaq bo\u2018ldi. Ushbu suhbat ham ayni o\u2018sha kunlarda diktofonga tushirilgan. O\u2018shanda u endigina 58 yoshga kirgandi. Biroq \u201cso\u2018nggi qatag\u2018on\u201d davrida olgan mudhish azoblari yuragida o\u2018z izini, ma\u2019naviy jarohatini qoldirgan edi. U ana shu azoblar bilan yashardi. Har kuni shu haqda o\u2018ylardi va shu azobni qaytadan boshdan kechirgandek bo\u2018lardi. Yurtimiz ozodlikka chiqqani uchun qalbida shukronasi bisyor edi.<\/p>\n<p>Oradan ikki yil o\u2018tib, u o\u2018zining oltmish yoshini nishonlamoqchi bo\u2018ldi. Butun viloyatdan, mamlakatning turli burchaklaridan do\u2018stlari qutlagani kelishdi. Oltmish yillik tavallud sanasi chinakam to\u2018yga aylanib ketgandi. Axir, ne-ne azoblardan so\u2018ng bunday dorilamon kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Sevinchi cheksiz edi. Biroq\u2026 fojia yuz berdi. To\u2018y oxiriga yetmay azaga aylandi. Sho\u2018ro zamonining shuncha azob\u00adlari, ma\u2019naviy qiynoqlari, milliy g\u2018ururni yerga uruvchi tahqirlariga dosh bergan yuragi bu qadar xursandchilikni ko\u2018tara olmadi. Unga shifokorlar o\u2018zingizni ortiqcha hayajonlardan tiying, yuragingizni asrang, deb maslahat berishgandi. Biroq yurak qurg\u2018ur maslahatga quloq solmas, shifokorlar amri bilan tepmas ekan-da\u2026 Shuhrat Boboyorovning oltmish yillik tavallud ayyomiga kelgan birodarlari uni ko\u2018zda yosh, qalblarida katta iztirob bilan tuproqqa qo\u2018yishdi.<\/p>\n<p>Bu Behbudiyu Fitrat, Cho\u2018lponu Abdulla Qodiriylar boshlab bergan milliy ozodlik uchun \u2013 xalqimiz erki va Vatanimiz mustaqilligi uchun kurash tarixining so\u2018nggi saboqlari bo\u2018lib qoldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Murod ABDULLAYEV Nomingni qaro degan \u2013 paxtaginam, senmisan, Lo\u2018ppi deya yutganim \u2013 laxtaginam, senmisan, Avaxtada bosh urgan taxtaginam, senmisan?! Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. Abdulla ORIPOV Mustaqillik uchun kurash tarixi istibdod zamonining eng qora kunlaridan boshlanib, XX asrning to\u2018qsoninchi yillari boshiga qadar davom etdi. Istiqlol davrida bu ulug\u2018 ne\u2019matni anglash, qadriga yetish va jahon [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":170,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[30,23],"tags":[],"class_list":{"0":"post-169","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-muharrir-tanlovi","8":"category-publitsistik"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/169","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=169"}],"version-history":[{"count":7,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/169\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":332,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/169\/revisions\/332"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/170"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=169"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=169"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=169"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}