{"id":144,"date":"2025-06-13T11:01:55","date_gmt":"2025-06-13T11:01:55","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=144"},"modified":"2025-07-02T09:17:40","modified_gmt":"2025-07-02T09:17:40","slug":"adabiyot-kinoga-nima-beradi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=144","title":{"rendered":"\u0410dabiyot kinoga nima beradi?"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>Natalya SIMBIRSEVA,<br \/>\nrus olimasi, kuturolog<\/strong><\/p>\n<p><strong>Kino san\u2019ati yildan-yilga ommalashgani sayin insonning kundalik hayotidan kitob o\u2018qish amaliyotini chiqarib tashlamoqda. Bugungi kunda kitob o\u2018qiyotgan kishiga odamlar boshqacha qaraydigan bo\u2018lib qoldi. Bu harakatning g\u2018alatiligi muloqotning boshqa yo\u2018llari ancha oddiy yo\u2018llarga aylanganligidandir. Masalan, kitobni o\u2018qimasdan radiodan eshitish mumkin, internetdan topsa bo\u2018ladi, ekranda \u201cjonlanadi\u201d. Kitobning o\u2018zini qo\u2018lga olmay turib ham asar to\u2018g\u2018risida tasavvurga ega bo\u2018lish mumkin.<\/strong><\/p>\n<p>Butunjahon internet tarmog\u2018i orqali har qanday kitobning tayyor qisqacha mazmunini topish mumkin, ya\u2019ni,\u00a0 ma\u2019lum bir kitob to\u2018g\u2018risida tanqidiy maqola yoki taqriz, bloglar, televersiya yoki boshqa vizual ko\u2018rinishidagi turli ma\u2019lumotlarni osongina qo\u2018lga kiritish mumkin. Boshqacha aytganda, bugungi kunda biz kitobni va aynan dastlabki manbaning asl mazmunini yo\u2018qotish evaziga uning atrofidagi o\u2018ziga xos talqin qilingan informasion matnlar bilan kifoyalanyapmiz.<\/p>\n<p>Kitob degani muallifning \u201cqog\u2018ozga tushirilgan fikri\u201d bo\u2018lmay qoldi.\u00a0 Endilikda kitob o\u2018zining muloqot funksiyasini \u2013 individual muloqotini yo\u2018qotib boryapti. Ma\u2019lumki, bunday muloqot jarayonida inson ommaviy kommunikatsiya tuzilmalaridan qat\u2019iy nazar o\u2018ziga muallif, qahramonlar, davr bilan munosabat tizimini barpo etadi. \u201cYakkama yakka\u201d tamoyiliga ko\u2018ra, kitob bilan muloqot kitobxondan ma\u2019naviy sa\u2019yi-harakatni talab qiladi. Chunki kitob shaxsning shuuriy makoniga singib boradi. Bugun dunyoda nafaqat kitobga munosabat, balki unga oshno bo\u2018lishning usullari ham o\u2018zgardi: endilikda kitob quloqchinlarda (naushnik) jaranglashi, ko\u2018zga ko\u2018rinishi, elektron shakliga kirishi mumkin. Bu kitoblarning shakliy jihati \u2013 bezagida ham namoyon. Shu bois, kitob va kitobxon o\u2018rtasidagi muloqotni nofaol \u2013 ko\u2018zdan kechirish muloqoti sifatida tasvirlash mumkin. Mutolaa muammosi shu qadar aniq va tabiiy holdek ko\u2018rinadiki, hali u ko\u2018plab boshqa muammolar keltirib chiqarmasa edi\u2026..<\/p>\n<p>Hozir kitobning o\u2018zini uning ekranlashgan ko\u2018rinishidan afzal deb biladiganlar kam: kitobni ko\u2018rish va eshitish bilan qabul qilishga o\u2018rgangan jamiyatga fikrlovchi doiraga mo\u2018ljallangan asarlarni tushunish qiyin holga aylangan.<\/p>\n<p>Badiiy asarni ekranlashtirish \u2013 bu o\u2018qiladigan narsaning rejissyorlik talqini, ko\u2018plab kommunikasion muloqot tuzilmalari asosida yuzaga keladigan mediya makondir. Ushbu yangi makon bir manba bilan cheklanmasa, asarning asl mazmunini tushunmasa-da, insonga ta\u2019sir etish imkoniyatlari keng. Agar bunday talqinlar tayyor shakllar bilan chegaralansa, ma\u2019noni ham toraytirib qo\u2018yishi mumkin. Tabiiyki, ekranizatsiyani ko\u2018radigan har bir tomoshabin faol kitobxon bo\u2018lmaydi, ya\u2019ni, rejissyor tomonidan taklif etilgan filmning asl manbasi \u2013 kitob mazmunini tanqidiy anglashga tayyor bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Bugungi kundagi ekranlashtirish ommaga ta\u2019sir etishning barcha tomonlarini hisobga oladi. Shuning uchun omma orasida tez tarqatilishidan tashqari arzon mashhurlikni qo\u2018lga kiritmoqda va odamlarni kitobning asl nusxasini o\u2018qitishdan \u201cqutqarmoqda\u201d. Afsuski, ko\u2018pchilik adabiyot bilan tanishishning ushbu usulini qulay va maqbul deb hisoblamoqda. Chunki, kitob o\u2018qishga vaqt sarflash zaruratini yo\u2018qqa chiqaryapti. Bu ko\u2018rinib turgan tanazzul ekanligi ayon bo\u2018lsa-da, odamlar bu qulaylikdan voz kecha olmaydilar. Biroq yuksak fikrlovchi kishilar doirasi ham kinematografiya yutuqlarini inkor qilmaydi, aksincha, ma\u2019lum mezon va did asosida qabul qiladilar.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki badiiy asar matni ekranlashtirish jarayoniga o\u2018ziga xos tarjimaga tortiladi. Natijada o\u2018qilganda his etiladigan fikrlar vizual tusga kiradi. Asarning muloqot usuli \u201ckitob + o\u2018quvchi\u201ddan \u201ckitob + tomoshabin\u201dga o\u2018zgaradi. Asar bilan haqqoniy muloqot amalga oshishi uchun asar muallifi va uni ekranda yaratuvchisi rejissyor fikran bir makonda bo\u2018lishi va bir tilda so\u2018zlashi zarur. Bunday muloqotga tomoshabinning tayyorgarlik darajasi turlicha bo\u2018ladi, ya\u2019ni, oddiy insondan ham, mutaxassis ham bo\u2018lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ekranlashtirilgan asarni qabul qiluvchilarni ham bir qancha toifalarga bo\u2018lish mumkin: tayyorlanmagan, kam tayyorlangan, tayyorlangan va yaxshi tayyorlangan\u00a0 hamda mutaxassis tomoshabin.<\/p>\n<p>Tayyorlanmagan tomoshabin muallifning filmlashtirilgan asarini mutolaa qilmagan bo\u2018ladi. Kam tayyorlangan tomoshabin esa asarni o\u2018qigan, biroq uning g\u2018oyaviy mazmuni va yaratilish tarixi bilan tanish emas.<\/p>\n<p>Tayyorlangan tomoshabin matnni o\u2018qigan, uning yozilishidagi o\u2018ziga xosliklar to\u2018g\u2018risida tasavvurga ega, o\u2018sha asarning badiiy darajasiga o\u2018zining ma\u2019lum munosabati mavjud tomoshabindir. Bu uchinchi toifa asar va uning film talqini orasidagi yaqinlik va tafovutlarni aniqlay oladi. Yaxshi tayyorlangan tomoshabin esa asarni o\u2018qigan, mazmunan anglab yetgan, yozuvchining ijodi bilan tanish, asar yaratilgan davr to\u2018g\u2018risida tasavvurga ega bo\u2018libgina qolmay, syujetlar, motivlar, qiyofalar, g\u2018oyalar darajasida asarning boshqa asarlar bilan mazmunan aloqasini aniqlay oladigan tomoshabindir.<\/p>\n<p>Mutaxassis tomoshabin asarning matn asosini hamda film talqinini mazmunan va shaklan taqqoslab tahlil qila oladi. Boshqacha aytganda, rejissyor qarashi bilan bahsga kirisha oladigan talqinchi va tanqidchi bo\u2018ladi. Albatta, san\u2019at asarini qabul qilishda bu miqyosdagi tomoshabin-o\u2018quvchi doirasi keng emas.<\/p>\n<p>Masala, tomoshabin filmni tomosha qilishda qanday mezonlarga tayanishi lozimligida. U filmni asl matnga mosligini aniqlabgina qo\u2018ya qoladimi yoki rejissyorning ijodiy mulohazasini tushunishga intiladimi? Bu oddiy masala emas. Adabiyot va kino san\u2019ati orasidagi hamkorlikning natijasi ba\u2019zan tomoshabinni qanoatlantirishi ham hafsalasini pir qilishi ham mumkin. Ba\u2019zi bir filmlar tomoshabinni asar matnini o\u2018qib chiqishga undaydi. Aksariyat mumtoz asarlarni talqin etishdagi rejissyorning ijodiy qarashi, o\u2018z munosabatini qanday taqdim etayotganligini aniqlash ko\u2018pchilikni qiziqtiradi.<\/p>\n<p>Ko\u2018z bilan ko\u2018riladigan tasvirlarni inson ongi jadalroq va samaraliroq ilg\u2018ab oladi. Badiiy asarni o\u2018qish kitobxondan vaqt hamda murakkab fikrlash faoliyatini taqozo etadi. Muammo shundaki, badiiy asar asosida olingan film asliyatga mos kelishi \u201cxomxayol\u201dni yuzaga keltiradi. Media madaniyat hukmronligi shu qadar kuchayib ketdiki, natijada inson hissiy fikrlashdan to\u2018xtab qoldi.<\/p>\n<p>V.Goffenshefer 1930-yillardayoq \u201cKino \u2013 badiiy adabiyotning eng injiq o\u2018quvchisi va eng makkor talqinchisidir\u2026 Javobgarlik badiiy asarni muayyan qiyofalarda o\u2018zicha aks ettiruvchi ijodkorning mas\u2019uliyati hamda o\u2018sha asarni sharhlab, talqin qiluvchi tanqidchi mas\u2019uliyatidan shakllanadi. Bu mas\u2019uliyat bevosita inson ongiga ta\u2019sir ko\u2018rsatishning eng qudratli qurollaridan biri \u2013 kinoda aks etadi\u201d, deb yozgandi o\u2018z maqolasida. Bu fikr sosialistik realizm davrida aytilgan, lekin bugungi kun nuqtai nazaridan qaraganda ham to\u2018g\u2018ridir. O\u2018sha davrda ekranlashtirish totalitar madaniyatni targ\u2018ib etuvchi medium sifatida yuzaga chiqqan, Stalin davrining asosiy kinematografik janrlaridan biriga aylangan edi.\u00a0 Mafkuraviy vazifalar yuklangan, serso\u2018z ssenariylar shu qadar hukmron ediki, bu kinoda tasvirning keyingi darajaga tushib qolishiga va hatto yo\u2018qolishiga olib keldi. Bu jarayon, ayniqsa, \u201ckichik tasvir\u201d deb ataluvchi davrda (1946\u20131953) namoyon bo\u2018ldi. Kino san\u2019atida adabiy manbaga asoslanish \u2013 ekranlashtirish o\u2018z siyosiy vazifasini ado etdi va vatanparvarlik tuyg\u2018usini ko\u2018rsatishga qaratilgan obrazlarni ko\u2018paytirib berdi. \u201cPetr 1\u201d (1937\u20131939 yillar, V.Petrov,) \u201cChapayev\u201d (1934 yil, rejissyorlar G.N. va S.D.Vasilyev) \u201cYosh gvardiya\u201d (1948 yil, rejissyor S.Gerasimov), \u201cSalavat Yulayev\u201d (1940 yil, rejissyor Ya.Protazanov) va boshqa filmlar shular jumlasidan.<\/p>\n<p>Yu.Shklovskiy XX asr boshida kino va adabiyot nisbatining ikki ko\u2018rinishini taklif etadi. Birinchisi, adabiyot kino usullarini ko\u2018proq qabul qilishi. Bu ekranlashtirishda o\u2018ziga xos syujet yaratilishda aks etadi;<\/p>\n<p>Ikkinchisi, fotografiya paydo bo\u2018lishi bilan naturalizm rad etilganidek, adabiyot syujetni butkul rad etadi va o\u2018zining qadrdon makoni \u2013 so\u2018z va til makoniga qaytadi.<\/p>\n<p>Yu.Shklovskiyning fikriga tayanilsa, ekranlashtirish kinematografiyada muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo\u2018lgan janrdir. Bizning asrimizga kelib, ekranlashtirish \u2013 ijodiy muloqotning bir usuliga emas, balki vizual madaniyatning zamonaviy iste\u2019molchisi talablarini hisobga oluvchi ommani hissiy fikrlashga majbur qilmaydigan yalpi tusdagi media mahsulot shakliga aylandi.<\/p>\n<p>Vaqt o\u2018tib, kinematograf va adabiyot ittifoqining natijasi asl adabiy matnning va uning ekran talqini orasidagi o\u2018xshashlik mezonlari tanqidchilar uchun asosiy mavzuga aylandi. Ammo ekranlashtirish bir vaqtning o\u2018zida ham individual ijodkor (rejissyorning), ham ijodiy guruh (ssenariynavis, rejissyor, operator, bastakor va b.)ning jamoaviy asari sifatida davrning ma\u2019naviy-ijtimoiy qarashlarining ko\u2018p qatlamli \u201cko\u2018chirmasi\u201d sifatida yashab, muayyan shaklda rivojlanib kelmoqda.<\/p>\n<p>Kitobning mazmuni va muallifning fikri qanchalik aniq yetkazib berilganidan qat\u2019iy nazar, ikkala asar (adabiy matn va film) ham o\u2018z o\u2018rnida muayyan davrning guvohi va solnomasiga aylanadi. S.M.Arutyunyan fikri bilan to\u2018ldirilganda, \u201cBugungi kunda mumtoz adabiyot namunalarini ekranlashtirish o\u2018tmishdagi davrlarni zamonaviy nuqtai nazaridan talqin qilishdan iborat bo\u2018lib, u xoh erkin, xoh qat\u2019iy tarzda muayyan yangicha estetik mezonlar, mafkuralar, inson va kishilik jamiyatiga nisbatan zamonaviy qarashlarni yuzaga kelishiga xizmat qiladi\u201d.<\/p>\n<p>San\u2019atning boshqa-boshqa turlariga mansub bo\u2018lgan asarlardagi ramz va obrazlar tizimni mazmunan umumlashtirish qanday amalga oshiriladi? Ekranlashgan asar mazmunini o\u2018qishning o\u2018ziga xos tomonlari syujetning \u201cmedial susbstratlar\u201d deb ataluvchi turli holatlarda ifodalanishi bilan bog\u2018liq. Mazkur holatda yetarlicha erkin bo\u2018lgan \u201cnarrativlar, ikki turdagi asardagi ramz va obrazlarning o\u2018zaro munosabatlari, bir-biridan farqi va o\u2018xshashligini aniqlab berishga qodir\u201d.<\/p>\n<p>Adabiyot va kinoning o\u2018zaro bog\u2018liqligi va hatto o\u2018zaro tobeligi kino nazariyotida o\u2018rganilgan.\u00a0 \u201cKinoning adabiyotdan foydalanishga urinishi hech qanday natija bermadi, to\u2018g\u2018risini aytganda, inssenirovka deb ataluvchi bo\u2018lmag\u2018ur natijalar berdi\u201d (V.Shklovskiy). \u201cKino adabiyotdan \u201cozod bo\u2018lish\u201d evaziga rivojlanmoqda. Shu bois, original syujetlarga tayanishi lozim, chunki \u201cssenariynavislikning asosiy tamoyili \u2013 bu bevosita hissiy anglashdir\u2026\u201d. \u201cKino san\u2019atini rivojlantirish \u2013 bu shakl orqali imkon qadar mohiyatni chiqarib berishdan iborat\u201d (B.Balash). \u201cAdabiy asar va uning asosida yaratilgan film o\u2018rtasidagi o\u2018yin ekranlashtirilgan asarni anchagina boyitadi. Yaxshi ekranlashtirilgan mahsulot dastlabki manbaning ruhiyati, mazmunini aks ettirishi lozim\u201d (A.Bazen) \u201cEkranlashtirish chog\u2018ida ham badiiy asar, ham kino yo\u2018qotiladi. Agar qaysidir yirik asar ekranda yashab qolishi shart bo\u2018lsagina, uni ekranlashtirgan ma\u2019qul. Aks holda, u asarning aslidan yomonroq chiqadi\u201d (G.Kozinsev). \u201cAdabiyotga murojaat qilish endilikda kino san\u2019ati uchun bevosita ahamiyatli jihatdir, bu kinoning badiiy usul va tamoyillarini takomillashtirish demakdir\u201d (N.S.Gorniskaya). \u201cEkranlashtirish degani, badiiy asarning asl g\u2018oyasi, uning badiiy mohiyati doirasidan chiqmagan holda, kino san\u2019atining o\u2018ziga xos vositalari orqali imkon qadar chuqurroq va shoirona yetkazib berishdir\u201d (I.Manevich) va hokazo. Taniqli kino mutaxassislarning bu kabi fikr\u00adlaridan ko\u2018rinib turib turibdiki, kino va adabiyotning birgalikdagi mahsuli san\u2019atning alohida shaklini vujudga keltiradi.<\/p>\n<p>XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida adabiyot va kino munosabatining o\u2018ziga xos tomonlari to\u2018g\u2018risida so\u2018z yuritila boshladi. K.Yu.Ignatov ekranlashtirish va badiiy matn o\u2018rtasiga tenglik belgisini qo\u2018yishni taklif etadi: \u201cEkranlashtirishni kinematografchilarning maqsadi badiiy asarning ekranlashgan ko\u2018rinishini yaratish bo\u2018lgandagina oqilona ish deb qabul qilish lozim\u201d, degan fikrni o\u2018rtaga tashlaydi. Asarning mazmuni, ruhi va tilini saqlagan holda kino tiliga o\u2018girish sifatida ko\u2018rib chiqishni taklif etadi\u201d. V.V.Reshetnikova esa ekranlashtirishni badiiy asarni turli tasviriy (so\u2018z, musiqa, video) unsurlar vositasida ekran tiliga o\u2018girishdan iborat bo\u2018lgan badiiy talqin sifatida tushuntiradi. Ekranlashtirish o\u2018yinli kinoning mustaqil shakli bo\u2018lib, uning asosida adabiy matn qaror topadi.<\/p>\n<p>Kinofilmga asos sifatida badiiy asardan foydalanish, bir jihatdan rejissyorga jiddiy mas\u2019uliyat yuklaydi, shu bilan birgalikda yaratilayotgan kino mahsulotning muvaffaqiyatining ma\u2019lum kafolati hisoblanadi. Adabiyot namunalarini ekranda talqin qilish zamonaviy madaniyat tomonidan taqozo etilayotgan hodisa sifatida mavjud ekan, uning qiymatini malakali tanqidgina baholashi zarurligini e\u2019tirof etish joiz.<\/p>\n<p>Ekranlashtirish adabiy matnning badiiy voqeligini o\u2018zlashtirish usullaridan biridir. Rejissyorning kino vositalariga, deylik,\u00a0 kameraga asardagi so\u2018zlar biroz boshqacha \u2013 faqat ssenariychi tilga olish zarur deb hisoblagan narsalargina tushadi. So\u2018zning o\u2018zi tasvirlash va qiyofa yaratish kuchiga ega: u kino qiyofani yaratish jarayonida mubolag\u2018ani moddiylashtirishga imkon beradi \u2013 matnda aks etgan qiyofa ko\u2018zga ko\u2018rinadigan qiyofaga aylanadi. So\u2018z \u2013 bu adabiyotchi tasvirlaydigan voqelik hamda kitobxonning tasavvuridan vujudga keladigan o\u2018xshatishlar o\u2018rtasidagi vositachidir. Kino badiiy asarda tasvirlashni talab qilgan narsani ko\u2018rsatishga imkon beradi. Biroq film ijodkorlarida hodisani \u201ckadr ortida turib hikoya qilish\u201d so\u2018z vositasida tasvirlash imkoniyati yo\u2018q. Ayni vaqtda obrazlarning harakatlari, ularning nutqi, boshqa personajlar bilan munosabatini\u00a0 aks ettirish ham kino vositalari, ham adabiyotning qo\u2018lidan keladi. Bizning zamonamizda so\u2018z san\u2019ati boshqa san\u2019atlarga (raqs, musiqa, teatr va kino) turtki beruvchi manba ekanligiga qaramasdan, baribir ustuvorlikka ega.\u00a0 Bugun kino texnik jihatdan juda yuqori natijalarni qo\u2018lga kiritdi. Biroq film suratga olish jarayonining tashkilotchisi va asosiy ijodkori rejissyor bo\u2018lib, badiiy voqelikning asl ko\u2018rinishi uning miyasida shakllanadi. Erkanlashtirish san\u2019ati yozuvchining fikrlarini mos vizual shaklga o\u2018tkazish, topish demakdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Bekzod QODIROV tarjimasi<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; \u00a0Natalya SIMBIRSEVA, rus olimasi, kuturolog Kino san\u2019ati yildan-yilga ommalashgani sayin insonning kundalik hayotidan kitob o\u2018qish amaliyotini chiqarib tashlamoqda. Bugungi kunda kitob o\u2018qiyotgan kishiga odamlar boshqacha qaraydigan bo\u2018lib qoldi. Bu harakatning g\u2018alatiligi muloqotning boshqa yo\u2018llari ancha oddiy yo\u2018llarga aylanganligidandir. Masalan, kitobni o\u2018qimasdan radiodan eshitish mumkin, internetdan topsa bo\u2018ladi, ekranda \u201cjonlanadi\u201d. Kitobning o\u2018zini qo\u2018lga olmay turib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":313,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":{"0":"post-144","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-ilmiy-ommabop"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/144","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=144"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/144\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":317,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/144\/revisions\/317"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/313"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=144"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=144"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=144"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}